Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida bahorning ilk kunida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi
  • Yangiliklar
  • 09:25 01.03.2025
  • 81
  • Halqaro hamkorlik

Shu maqsadda tashkillangan tumandagi iqtisodiy idoralari va tashkilotlar rahbarlari, mahallalar mas’ul xodimlari ishtirokidagi yig‘ilishda mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va barcha hududlarda yurt farovonligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Tomorqalardan samalari foydalanib, bahoriy ekinlar ekish, issiqxonada turli rezavorlar yetishtirish orqali aholi daromadlarini oshirish ishlarini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, soliq va kredit undiruvi, aholi xonadonlari, tadbirkorlik sub’yektlari hamda korxona va tashkilotlarni muqobil energiya manbalaridan foydalanishga o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi. 

Bu tashabbus tumanning har bir mahallasini obod etib, aholi turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati