Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda yangi farmasevtika korxonasi ish boshladi
  • Yangiliklar
  • 17:20 28.02.2025
  • 82
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida farmasevtika yo‘nalishidagi yangi ishlab chiqarish korxonasi – “Progress farm” o‘z faoliyatini boshladi. Tadbirkor Muhammadbobur Egamberdiyev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur korxona hozircha 10 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarmoqda.

Ayni paytda korxonada 20 nafar ishchi mehnat qilmoqda, kelgusida bu ko‘rsatkich 100 nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ishlab chiqariladigan dori vositalari soni ham 50 xilgacha oshiriladi.

Mazkur loyiha nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratilishi, balki mahalliy farmasevtika mahsulotlarining kengayishi va aholini sifatli dorilar bilan ta’minlashga hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati