14:00 28.02.2025Press-tur doirasida jurnalistlar Yangi Namangan tumani “Mehnatobod” mahallasining tajribali gulchisi Dilshodbek Abdurahmonov issiqxonasida bo‘ldilar. U 15 yildan buyon gul parvarishlash bilan shug‘ullanib, sohaning haqiqiy ustasiga aylangan.
Hozirda uning 7 ta plantatsiyasida 60 mingdan ziyod gullar parvarishlanmoqda, shularning 50 mingtasi sotuvga tayyor. Gulxonalarda bahor va yozda 5-6 nafar ishchi ishlasa, kuz va qishda bu raqam 20-25 kishigacha yetadi. Ishchilar oyiga 2-3 million so‘m maosh olib, barqaror daromadga ega bo‘lishmoqda.
Dilshodbek Abdurahmonovning mehnati hududda gulchilikni rivojlantirishga va aholi bandligini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati