Sayt test rejimida ishlamoqda!
“ATORA” – milliy matolar brendi
  • Yangiliklar
  • 12:10 28.02.2025
  • 96
  • Halqaro hamkorlik

Press-tur doirasida jurnalistlar “Ziyodiy invest” MCHJ faoliyati bilan ham tanishdilar. 2009 yildan buyon korxona “ATORA” brendi ostida milliy matolar ishlab chiqarib kelmoqda. Hozirda korxona 30 nafar ishchi bilan 100 xil turdagi mato to‘qimoqda.

Syex har yili 20 ming metr sifatli mato ishlab chiqarib, ichki bozorga yetkazadi. Bejirim va o‘ziga xos dizaynga ega “ATORA” mahsulotlari poytaxtda katta talabga ega. 2023 yilda korxona 260 million so‘m daromad qilgan. Milliy matoga bo‘lgan qiziqishni oshirishga hissa qo‘shayotgan ushbu brend ichki bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati