Sayt test rejimida ishlamoqda!
Iqtisodiy o‘sish va bandlikka bag‘ishlangan Press-tur tashkil etildi
  • Yangiliklar
  • 11:00 28.02.2025
  • 85
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida iqtisodiy salohiyat, aholi bandligi, mahallalar ixtisoslashuvi va tomorqadan samarali foydalanish holatiga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

Dastlabki manzil “KADEER PARTS INDUSTRY” korxonasi bo‘ldi.
2019 yilda xitoylik investor Kadir Rozi tomonidan tashkil etilgan ushbu korxona avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda bu yerda 50 nafarga yaqin ishchi mehnat qilmoqda, oylik ishlab chiqarish hajmi 5 ming dona mahsulotni tashkil etadi. 2024 yilda esa 100 ming dollarlik eksport amalga oshirildi.

Bu kabi loyihalar hududda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati