06:00 01.01.1970Yangi Namangan tumanidagi “Ziyodiy invest” MCHJ 2009 yildan buyon “ATORA” brendi ostida milliy matolar ishlab chiqarmoqda. Hozirda 30 nafar ishchi bilan 100 xil turdagi mato to‘qilmoqda.
Korxona har yili 20 ming metr sifatli mato ishlab chiqarib, ichki bozorga yetkazadi. Bejirim va o‘ziga xos dizaynga ega bu mahsulotga poytaxtda talab katta. O‘tgan yili 260 million so‘m daromad ko‘rgan “ATORA” milliy matoga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.
Zamonaviy moda olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga intilayotgan korxona kelajakda mahsulot hajmini oshirib, xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirmoqda. Milliy mahsulotlarni qo‘llab-quvvatlash esa iqtisodiyotimiz va madaniy merosimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati