15:05 25.02.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan “Mehnatobod” mahallasining tajribali gulchisi Dilshodbek Abdurahmonov 15 yildan beri gul parvarishlash bilan shug‘ullanib, o‘z ishining ustasiga aylangan. Uning 7 ta plantatsiyasida 60 mingdan ziyod gullar parvarishlanmoqda, shulardan 50 mingtasi urug‘lik gullar bo‘lib, sotuvga tayyor holatga keltirilgan.
Gulchilik nafaqat tabiatga go‘zallik bag‘ishlaydigan san’at, balki ko‘plab odamlar uchun daromad manbaidir. Mazkur gulxonalarda ham bahor va yoz oylarida 5-6 nafar ishchi mehnat qilsa, kuz va qish faslida bu ko‘rsatkich 20-25 kishigacha yetadi. Ishchilar oyiga 2-3 million so‘m maosh bilan ta’minlanadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati