13:15 25.02.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida qurilish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Tuman hokimi ushbu hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirdi va belgilangan muddatlarda faoliyatni boshlash muhimligini ta’kidladi. Qurilishni tezlashtirish maqsadida mutaxassislar sonini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Mebelchilikka ixtisoslashgan mazkur sanoat zonasi 10 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda umumiy qiymati 202,5 milliard so‘mlik 37 ta investisiyaviy loyiha amalga oshirilib, 4 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, sanoat hududida avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi “Sanoat va servis” markazi ham tashkil etilmoqda. 2 gektar maydonda joylashadigan mazkur ob’yekt ishga tushgach, 400 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mazkur sanoat zonasi hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi bandligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati