12:15 25.02.20254R-117 Shimoliy aylanma yo‘lida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari jadal davom etmoqda. Xususan, Chortoq yo‘lining 29-35 km. oralig‘ida lotok o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yo‘l 6 polasali etib kengaytirilib, zamonaviy piyodalar yo‘lakchalari barpo qilinmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimi mazkur qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Bu loyiha hududdagi yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va transport qatnovini yengillashtirishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot хizmati