Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Paxtaliko‘l” suv uzatish inshootida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 10:30 25.02.2025
  • 86
  • Eʼlonlar

Yangi Namangan tumanidagi “Paxtaliko‘l” suv uzatish inshootida Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki mablag‘lari asosida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimi inshootga borib, yangilanish jarayoni bilan tanishdi.

Loyiha doirasida 5 ta yangi dvigatel o‘rnatilishi, yoritish tizimi to‘liq energiya tejamkor lampalarga almashtirilishi va harakat sensorlari joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘zgarishlar natijasida har oy 120-140 ming kVt elektr energiyasi tejalishi kutilmoqda. Rekonstruksiya tufayli suv ta’minoti yanada barqaror va samarali bo‘lishi kutilmoqda.

Tuman rahbari ishlarni tezlashtirish va sifatni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati