10:35 21.02.2025Matbuot anjumanida Yangi Namangan tumanida 2024 yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumoti berildi.
Ta’kidlanganidek, tumanda yil mobaynida 6 ta mahallaga 98.8 mlrd so‘m mablag‘ sarflanib, jami 28 km yo‘llar asfaltlandi, 28 km qismi shag‘allandi, 8 km qismija esa syement betonlash hamda 1 ta ko‘prikni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Xususan, davlat ahamiyatidagi (4R-214 Bunyodkor yo‘li hamda 4R-117 Shimoliy aylanma Chortoq yuli) jami 20 km asosiy avtomobil yo‘llarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, natijada boshqa tumanlardan shaharga keluvchi transport vositalarining tirbandligi hamda avtohalokatlarning oldi olinishiga erishildi.
Ma’lumot uchun, tumanda jami 786 km ichki va 41 km markaziy yo‘llar mavjud, shundan 168 km ichki ko‘chalar va 3 km markaziy ko‘chalar ta’mirtalab holatda.
Yangi Namangan tumani hokimligi Аxborot xizmati