14:00 20.02.2025Yangi Namangan tumaniga tashrif buyurgan turkiyalik tadbirkorlar mahalliy sanoat salohiyati bilan tanishish davomida “SARKOR MEBEL” korxonasida bo‘ldi. Mehmonlar bu yerda ishlab chiqarilayotgan mebel mahsulotlarini ko‘zdan kechirib, ularga katta qiziqish bildirishdi hamda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.
2023 yil sentyabrda ish boshlagan mazkur korxona 150 nafar yoshni ish bilan ta’minlagan bo‘lib, 100 turdagi mebel mahsulotlari tayyorlaydi. Loyiha qiymati 25 milliard so‘mni tashkil etadi. Xitoy texnologiyalari asosida ishlab chiqarilayotgan mebellar ichki bozorda sotilish bilan birga qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati