Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namangan viloyati hokimi kubogi uchun shaxmat musobaqasining tuman bosqichi start oldi
  • Yangiliklar
  • 09:55 20.02.2025
  • 108
  • Halqaro hamkorlik

“Namangan viloyati hokimi kubogi” uchun shaxmat musobaqasining tuman bosqichi boshlandi. Ushbu nufuzli musobaqa viloyat miqyosidagi eng mahoratli shaxmat ishqibozlarini aniqlash, ularning qobiliyatini oshirish va iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Unda Yangi Namangan tuman hokimi o‘rinbosari Bekzod Djo‘raboyev ishtirok etdi hamda o‘z nutqida mazkur musobaqaning ahamiyatini alohida ta’kidlab, ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.

“Hokim kubogi” musobaqasi mahalliy bosqichlardan boshlanib, avvaliga mahallalarda saralash bahslari o‘tkazildi. Mahalliy turnirlarda g‘olib chiqqan shaxmatchilar hozirda tuman bosqichida bellashmoqda. Bu bosqichda eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati