09:10 20.02.2025Yangi Namangan tumanidagi 68-maktabda ilm va milliy qadriyatlarning uyg‘unligini targ‘ib etuvchi “Zamonaviy bilim va milliylik mujassam maskan” nomli seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “O‘qinglar, intilinglar, marra Sizlarniki!” shiori ostida tashkil etilib, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun haqiqiy ilhom manbai bo‘ldi.
Seminar doirasida o‘quvchilar uchun qiziqarli ochiq darslar o‘tkazilib, zamonaviy ta’lim usullari muhokama qilindi. Sport musobaqalari yoshlarni jismoniy tarbiyaga undasa, rasmlar tanlovi yoshlarning o‘z iste’dodlarini namoyish etishlariga zamin yaratdi, palov tanlovi esa milliy taomlar va an’analarga bo‘lgan hurmatni yanada oshirdi.
Bu tadbir yosh avlodga ilm-ma’rifat yo‘lida dadil qadam tashlashni, o‘zining milliy merosini qadrlashni o‘rgatdi. Zamonaviy bilim va milliy an’analar uyg‘unlashgan bunday tadbirlar, shubhasiz, kelajagimiz poydevorini mustahkamlaydi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati