11:25 19.02.2025Prefabrik & Çelikyapı kompaniyasi vakillari Yangi Namangan tumaniga tashrif buyurib, hududning investisiya salohiyati bilan tanishdi. Ular dastlab “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida bo‘lib, bu yerda 202,5 milliard so‘mlik 37 ta loyiha amalga oshirilishi va 4 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilganini ko‘zdan kechirdi.
Avvalroq, Yangi Namangan tumani hokimi Turkiyaning Konya shahrida Prefabrik & Çelikyapı kompaniyasi bilan 20 million dollarlik investisiyaviy loyiha bo‘yicha memorandum имзолаганди.
Shuningdek, 2025 yilda tumanda 10 million dollarlik xorijiy investisiya hisobidan qurilish materiallari zavodi barpo etilishi kutilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati