Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 15:25 18.02.2025
  • 75
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumani hokimligi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul jarayonida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, suv va elektr ta’minotini barqarorlashtirish, tibbiy xizmatlarni takomillashtirish, subsidiyalar ajratish, ish bilan ta’minlash va uy-joy masalalari kabi dolzarb mavzularda murojaatlar kelib tushdi. 

Murojaat etuvchilarning shikoyat va takliflari tegishli idora va tashkilotlar rahbarlariga yetkazilib, ularga tezkorlik bilan yechim topish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, ayrimlari esa belgilangan muddatlarda ijobiy hal etilishi uchun nazoratga olindi.

Bunday sayyor qabullar aholi va mahalliy hokimlik o‘rtasidagi ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini manzilli o‘rganish va ularga aniq yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati