Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan gullari qo‘shni davlatlarda ham talabgor
  • Yangiliklar
  • 10:20 18.02.2025
  • 93
  • Yashil makon

Yangi Namangan tumanida tadbirkorlar har qarich yerdan unumli foydalanib, daromad topmoqda. Buning yorqin namunasi – “Saxovat” mahallasining gul plantatsiyasi.

Issiqxona egasi Dilshod Mamadaliyev bu yerda 25 xildan ortiq gullar yetishtirilayotganini va umumiy soni 60 ming tupdan oshganini ta’kidlaydi. Gullar nafaqat ichki bozorda, balki Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham xaridorgir.

Ta’kidlash joiz, namanganliklar gulchilik borasida katta tajribaga ega. Kamxarj va serdaromad bo‘lgani bois bu yo‘nalish tobora ommalashib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratmoqda. Mazkur issiqxonada ham 25 kishi ish bilan band.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati