18:05 03.02.2025Matbuot anjumanida Yangi Namangan tumanida 2024 yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar xususida “Namangan suv ta’minoti” AJ tuman bo‘limi rahbarining ma’lumoti tinglandi.
Ta’kidlanganidek, 47 mingdan ortiq aholining toza suv ta’minotiga bo‘lgan talabini qondirish uchun 32 mlrd so‘mlik 42,9 km yangi tarmoq tortish va rekonstruksiya qilish hamda 1 ta sig‘imi 4000 m3suv inshooti qurish, 1 ta 2000 m3 inshootni rekonstruksiya qilish, 4 ta inshootning nasos agregatlarini mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. Natijada aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 94 foizdan 97 foizga yetkazildi.
Shuningdek, “OPEK” xalqaro jamg‘arma fondi tomonidan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 29,6 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga tumandagi 7 ta mahallada 38 km tarmoq tortish ishlari amalga oshirildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati