10:55 16.02.2025Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangi Namangan tumanidan o‘tuvchi shimoliy aylanma yo‘l bo‘yida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, 24/7 uslubidagi servis shoxobchalarini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Asosiy yo‘l bo‘yida joylashgan avtoustaxonalarda bo‘lib, tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Ularning taklif va muammolarini tingladi. Yechimi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Yangi Namangan tumani “Sohil” mahallasida qad rostlayotgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasidagi qurilishlar jarayoni bilan tanishdi.
Mebelchilikka ixtisoslashgan mazkur kichik sanoat zonasida 202,5 mlrd so‘mlik 37 ta investisiyaviy loyiha joylashtiriladi va 4000 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
Loyihaga ko‘ra, ushbu hududda avtomobillarga servis xizmatlarni bir joyga jamlagan zamonaviy kompleks tashkil qilish rejalashtirilgan bo‘lib, 2 gektar maydonni o‘z ichiga oladigan mazkur markaz ishga tushgach, 400 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi.