Sayt test rejimida ishlamoqda!
Turkiyaning yirik kompaniyalaridan biri – “O‘zturk Holding” Yangi Namangan tumani bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi
  • Yangiliklar
  • 06:00 01.01.1970
  • 82
  • Halqaro hamkorlik

Xabaringiz bor, “Yuksalish” umummilliy harakati hamda Turk dunyosi mahalliy hokimiyatlari ittifoqi (“TDBB”) hamkorligida mamlakatimiz ma’muriy-hududiy rahbarlarining Turkiyaga amaliy tashrifi doirasida ayni kunlarda Namangan viloyatining Yangi Namangan tumani delegatsiyasi ham qardosh o‘lkada bo‘lib turibdi.

Amaliy xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari Turkiyaning yirik kompaniyalaridan biri – “O‘zturk Holding” rahbariyati bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Uchrashuvda tillani qayta ishlash, qurilish, turizm va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur tashrif ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati