10:45 14.02.2025Yangi Namangan tumanidagi 2-maktabda yoshlar o‘rtasida katta festival o‘tkazildi. Unda bolalar va o‘smirlar o‘z iqtidorlarini sport, ta’lim va ijod sohalarida namoyish etishdi.
Tadbir doirasida futbol, gandbol, boks, stol tennisi va voleybol bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Shuningdek, 2 ta sinfda ochiq darslar o‘tkazilib, ta’lim jarayonlarining qiziqarli uslublari namoyish etildi.
Yosh rassomlar o‘z ijodiy ishlari bilan rasm ko‘rgazmasida qatnashishdi, kitobxon yoshlar esa adabiyotga bo‘lgan mehrini kitobxonlik tadbiri orqali namoyish etishdi.
Festivalt doirasida “Uch avlod uchrashuvi” ham tashkil etildi. Unda turli avlod vakillari bir joyga yig‘ilib, tajriba va aqliy xulosalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Bu festival yoshlar uchun nafaqat qiziqarli vaqt o‘tkazish, balki o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati