Sayt test rejimida ishlamoqda!
Turkiyaning Prefabrik & Çelikyapı kompaniyasi Yangi Namangan tumaniga 20 mln dollarlik investisiya kiritadi
  • Yangiliklar
  • 10:10 12.02.2025
  • 87
  • Halqaro hamkorlik

Yuksalish harakati va Turk dunyosi mahalliy hokimiyatlari ittifoqi (TDBB) hamkorligida O‘zbekiston hokimlarining Turkiyaga amaliy tashrifi tashkil etildi. Safar doirasida Yangi Namangan tumani hokimi Konya shahrida Prefabrik & Çelikyapı kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, 20 mln dollarlik investisiyaviy loyiha yuzasidan memorandum imzoladi.

Loyihaga ko‘ra, 2025 yil davomida 10 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya jalb qilinib, Yangi Namangan tumanida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zamonaviy zavod barpo etiladi. 

Shu yilning 20-24 fevral kunlari Prefabrik & Çelikyapı delegatsiyasi Yangi Namanganga tashrif buyurib, loyiha uchun ajratilgan yer maydonini ko‘zdan kechiradi hamda infratuzilma masalalarini muhokama qiladi. Bu tashabbus O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati