08:10 13.02.2025Uychi tumani Kengashi kotibiyati mudiri Nargiza Dedaxanova boshchiligidagi deputatlar guruhi tajriba almashish maqsadida Yangi Namangan tumaniga tashrif buyurdi.
Ularga Yangi Namangan tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Jamolitdinov faoliyati bo‘yicha ma’lumot berdi. Kengashning zamonaviy texnika va sharoitlar bilan ta’minlangani e’tirof etildi.
Shuningdek, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov namunali Kengash faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflar bildirdi. Bu tashabbuslar Uychi tumani Kengashi faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi..