Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida sumalak sayli boshlandi 
  • Yangiliklar
  • 14:15 07.02.2025
  • 105
  • Oila va xotin-qizlar

Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasi hududidagi fayzli xonadonlarning birida “Sumalak sayli” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda milliy urf-odatlarimizga yo‘g‘rilgan turli xil ko‘ngil ochar dasturlar namoyish etildi.

Qo‘li gul hunarmand ayollar o‘zlarining noyob va betakror mahsulotlarini namoyish etib, mehmonlarni milliy san’at va hunarmandchilik durdonalari bilan tanishtirishdi.

Tadbirning eng asosiy qismi – sumalak tayyorlash marosimi katta ehtirom va xursandchilik bilan amalga oshirildi. Azaldan xalqimizni birlashtirib kelgan ushbu an’ana hozir ham oilaviy ahillik va umumiy totuvlik timsoli sifatida davom etmoqda.

Shuningdek, milliy taomlar – issiq non, somsa, ko‘k chuchvara palov va bahoriy shirinliklar ham tayyorlandi. Fayzli saylga yig‘ilgan insonlar tinchlik, to‘kinlik va farovonlik tilab, yuksak niyatlar bilan duo qilishdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati