18:20 05.02.2025Namangan viloyatida sanoat salohiyatini oshirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida qator islohotlar olib borilmoqda. 2013 yilda tashkil etilgan “Namangan asl gofra” MCHJ shunday korxonalardan biri bo‘lib, karton qutilar ishlab chiqarish sohasida muhim o‘rin tutmoqda.
Korxona yiliga 50 ming dona karton qutilar ishlab chiqaradi. 2023 yilda 400 ming dollarlik mahsulotni Qirg‘iziston va Tojikiston bozorlariga eksport qilgan. Joriy yilda esa eksport hajmini 800 ming dollarga, mahalliy bozor uchun yetkazib beriladigan mahsulotni 200 ming dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar oziq-ovqat, maishiy texnika va sanoat tovarlari qadoqlashda talabgor. Hozirda bu yerda 40 nafar ishchi mehnat qilmoqda, ularning aksariyati ayollardir.
Yangi Namangan tumani hokimi mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Uchrashuv davomida korxonaning kelgusi rejalari va investisiya masalalari muhokama qilindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati