16:15 05.02.2025Namangan viloyatida shaxmat sport turini ommalashtirish hamda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilayotgan viloyat hokimi kubogi musobaqalarining mahalla bosqichlariga start berildi. Mazkur turnir doirasida Yangi Namangan tumanidagi 86-sonli maktabda ham qizg‘in bahslar tashkil etildi.
Musobaqada turli yosh toifalaridagi ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, keyingi bosqichga yo‘llanma olish uchun kurash olib borishmoqda. Ushbu bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shaxmatchilar tuman bosqichiga yo‘l oladi.
Ahamiyatlisi, mazkur maktabda o‘quvchilar milliy liboslarda ham dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda. Bu esa yosh avlodning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini oshirish bilan birga, ularning Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati