Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda sayyor qabul: aholi muammolari hal etilmoqda
  • Yangiliklar
  • 14:40 05.02.2025
  • 85
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumani hokimi navbatdagi sayyor qabulni “Tinchlik” mahallasining aholisi bilan o‘tkazdi. Tadbir davomida yo‘lsozlik, suv va elektr ta’minoti, bandlik, uy-joy, subsidiya hamda sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlarda murojaatlar tinglandi.

Aholi muammolarini joyida hal etish maqsadida tegishli idora va muassasalar rahbarlariga topshiriqlar berildi. Ushbu sayyor qabul aholining turmush sharoitini yaxshilash va dolzarb masalalarga amaliy yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati