Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda transport infratuzilmasi rivojlanmoqda: “Chortoq yo‘li” ko‘prigi qayta qurilmoqda
  • Yangiliklar
  • 13:15 05.02.2025
  • 134
  • Investitsiya va tashqi savdo

Xabaringiz bor, Namanganda transport infratuzilmasini rivojlantirish va shaharga kiruvchi yo‘llarni zamonaviy talablarga moslashtirish maqsadida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonning muhim bosqichlaridan biri – shimoliy aylanma yo‘lida joylashgan “Chortoq yo‘li” ko‘prigi rekonstruksiyasidir.

Uzunligi 500 metr bo‘lgan mazkur ko‘prik hudud yo‘lovchilari va yuk tashuvchilari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Uning ta’mirlanishi orqali yo‘l harakati xavfsizligi oshadi, tirbandliklar kamayadi va yuk tashish jarayonlari yanada samarali tashkil etiladi. Rekonstruksiya uchun 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu orqali ko‘prikning muhandislik tuzilmasi mustahkamlanadi, yo‘l qoplamasi yangilanadi va zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari joriy etiladi.

Yangi Namangan tumani hokimi ushbu ob’yektda bo‘lib, qurilish jarayoni bilan tanishdi va uning tez hamda sifatli yakunlanishi uchun mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berdi. Hozirda barcha xavfsizlik talablari inobatga olingan holda loyihani amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati