11:55 05.02.2025Yangi Namangan tumanida rivojlanish va qurilish ishlari davom etmoqda.
Tumanning “Ma’naviyat” mahallasidan joy olgan yangi turar-joy majmuasi nafaqat hudud infratuzilmasini mustahkamlaydi, balki ko‘plab oilalar uchun yangi va qulay hayot tarzini ham yaratadi.
“Rovuston qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilayotgan bu zamonaviy turar-joy majmuasi 5 ta 6 qavatli binodan iborat bo‘lib, har bir binoda 2 ta podezd va jami 200 xonadon mavjud. Hozirda qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirib, yaqin kunlarda yangi xonadonlar o‘z egalariga topshirilishi rejalashtirilgan.
Bu kabi zamonaviy uy-joylar fuqarolarning hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati