11:10 01.02.2025Yangi Namangan tumani hokimligida iqtisodiy o‘qishlar doirasida tashkil etilgan tadbirda davlat boshqaruvida ijro intizomini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurash va xizmat faoliyatida shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda “ijro.gov.uz” tizimi orqali berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilari uchun halollik va mas’uliyat tamoyillari muhim ekani ta’kidlandi.
Iqtisodiy o‘qishlar hokimlik xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati