Сайт тест режимида ишламоқда!
Yangi Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi
  • Янгиликлар
  • 10:05 29.12.2025
  • 77
  • Эълонлар

Bugun xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Yangi Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. 

Unda tashkiliy masala koʻrilmoqda.

Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi. 

Viloyat rahbari keyingi yillarda Yangi Namangan tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar barobarida, ishga solinmagan imkoniyatlar haqida toʻxtalib, odamlarning bugunidan rozi boʻlib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

Bu ishlarni amalga oshirish uchun tumanga yangi hokim zarur. 

Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Abdullayev Jobir Sharifovichni Yangi Namangan tumani hokimi  vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarini tasdiqladilar.

Shuningdek,  Karabayev Adham Jakbaraliyevichni Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qaror bir ovozdan maʼqullandi.