12:40 28.01.2025Jumladan, Yangi Namangan tumani hokimligi apparati xodimlari ham tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Koʻrik davomida xodimlarning salomatligi, ruxiy holati nazorat etilib, zaruriy tavsiya va tibbiy maslahatlar berildi. Malakali shifokorlar tomonidan umumiy salomatlik holati baholandi va profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Bu chora-tadbirlar davlat xizmatchilarining mehnat unumdorligini oshirish va ularning sogʻligʻini muhofaza qilishga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati