Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarni kamaytirishga qaratilgan ishlar holati muhokama qilindi
  • Yangiliklar
  • 20:45 28.01.2025
  • 82
  • Ochiq muloqot

Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida hudud yetakchilari, profilaktika inspektorlari va jamoatchilik faollari bilan muloqot oʻtkazildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mahalla hududida jinoyat salmogʻi ortgani va oldini olish mumkin boʻlgan huquqbuzarliklar sodir etilgani haqida kuyunib gapirdi. 

Suhbat davomida aholi bilan muloqotni kuchaytirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni erta aniqlashda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Jinoyatchilikning oldini olishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir mahalla fuqarosining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy muammolarni hal etish boʻyicha qator amaliy takliflar bildirildi, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati