11:25 08.01.2026Yangi Namangan tumanida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu doirada Abu Rayxon Beruniy mahallasidagi 2-son mahalla huquq-tartibot maskani faoliyati tahlil qilindi.
Aholi xavfsizligi va jamoat tartibi masalalari muhokama qilindi
Yangi Namangan tumanida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu doirada Abu Rayxon Beruniy mahallasidagi 2-son mahalla huquq-tartibot maskani faoliyati tahlil qilindi.
Uchrashuvda hudud yettiligi bilan muloqot qilinib, mahallani obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratish, aholi bandligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda mahalla infratuzilmasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot yakunida huquq-tartibot maskani faoliyatini yanada samarali tashkil etish va mahalla jamoasi xavfsizligini ta’minlashda hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.