Sayt test rejimida ishlamoqda!
RSHTYOIM Namangan filialida shart-sharoitlar o‘rganildi
  • Yangiliklar
  • 09:15 02.01.2026
  • 45
  • Tashriflar

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida yaratilgan shart-sharoitlar, bemorlar uchun tashkil etilgan qulayliklar hamda qish mavsumi davomida muassasaning barqaror faoliyat yuritish holati ko‘zdan kechirildi.

RSHTYOIM Namangan filialida shart-sharoitlar o‘rganildi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida yaratilgan shart-sharoitlar, bemorlar uchun tashkil etilgan qulayliklar hamda qish mavsumi davomida muassasaning barqaror faoliyat yuritish holati ko‘zdan kechirildi.

Ko‘rik davomida issiqlik, elektr va suv ta’minoti tizimlarining holati, binolarning qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi. 

Shuningdek, ta’magirlik va maishiy korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.