Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda Majburiy ijro byurosi uchun zamonaviy bino barpo etilmoqda
  • Yangiliklar
  • 11:10 04.11.2025
  • 77
  • Tashriflar

Yangi Namangan tumani “Oromgoh” mahallasidagi “Afrosiyob” ko‘chasida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi uchun zamonaviy ma’muriy bino qurilmoqda. Qurilish ishlari pudratchi “INSHOOT INVEST” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yangi Namanganda Majburiy ijro byurosi uchun zamonaviy bino barpo etilmoqda

Yangi Namangan tumani “Oromgoh” mahallasidagi “Afrosiyob” ko‘chasida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi uchun zamonaviy ma’muriy bino qurilmoqda. Qurilish ishlari pudratchi “INSHOOT INVEST” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 600 million so‘mni tashkil etib, hozirda qurilish ishlari yakuniy pallada. Yangi binoda xodimlar uchun qulay ish sharoiti va fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yaratiladi.

Tuman hokimi ob’yektda bo‘lib, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi hamda inshootni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.