Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namangan viloyati IIB boshlig‘ining Yangi Namangan tumani fuqarolari uchun sayyor qabuli o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 06:00 01.01.1970
  • 59
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumanining “Go'zal” mahallasi binosida bo‘lib o‘tgan qabul davomida 12 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.