12:20 02.09.2025Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasida zamonaviy “Zeytun” savdo markazi foydalanishga topshirildi. Tadbirkor Osimxon Jo‘rayev tashabbusi bilan barpo etilgan inshootning umumiy qiymati 3 mlrd so‘m bo‘lib, uning faoliyati tufayli 60 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Yangi Namangan tumanida “Zeytun” savdo markazi ishga tushdi
Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasida zamonaviy “Zeytun” savdo markazi foydalanishga topshirildi. Tadbirkor Osimxon Jo‘rayev tashabbusi bilan barpo etilgan inshootning umumiy qiymati 3 mlrd so‘m bo‘lib, uning faoliyati tufayli 60 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Markazda ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan 5 mingdan ziyod turdagi mahsulot xaridorlarga taklif etilmoqda. Ochilish marosimida tuman hokimi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Hokim mazkur savdo markazi hudud ahliga bayramga munosib tuhfa ekanini alohida ta’kidladi.
Qisqa qilib aytganda, “Zeytun” savdo markazi aholiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish bilan birga, turli ehtiyojlarni mahalliy darajada qondirish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, aholiga yaqin va keng tanlovli savdo maskani sifatida hududdagi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.