10:25 12.08.2025Yangi Namangan tumanida yangi o‘quv yili oldidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida arzonlashtirilgan mehnat yarmarkalari tashkil etildi.
Yangi Namangan tumanidagi maktablarda arzonlashtirilgan mehnat yarmarkalari tashkil etildi
Yangi Namangan tumanida yangi o‘quv yili oldidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida arzonlashtirilgan mehnat yarmarkalari tashkil etildi.
Mazkur yarmarkalarda o‘quvchi yoshlar uchun zaruriy darsliklar, daftar-qalam hamda boshqa turdagi o‘quv qurollari hamda maktab formalari qulay narxlarda sotilmoqda. Bu esa aholi uchun katta yengillik yaratib, farzandlarini maktabga tayyorlash jarayonida ularning iqtisodiy yukini sezilarli darajada kamaytirdi.
Shuningdek, tuman hokimligi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan 400 nafardan ortiq kam ta’minlangan oilalar farzandlariga yangi maktab formalari beg‘araz ravishda topshirildi. Bu ezgu tashabbus yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirar ekan, ularning oilaviy sharoitlaridan qat’i nazar, barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qilmoqda.