17:05 13.08.2025Yangi Namangan tumanidagi 69-sonli umumta’lim maktabida qurilish va ta’mirlash ishlari qizg‘in pallada. Loyiha doirasida 540 o‘rinli mavjud bino tubdan yangilanib, yana shuncha o‘quvchiga mo‘ljallangan yangi korpus hamda yozgi sport zali qurilmoqda.
Yangi Namangan tumanidagi 69-sonli maktab zamonaviy qiyofa kasb etmoqda
Yangi Namangan tumanidagi 69-sonli umumta’lim maktabida qurilish va ta’mirlash ishlari qizg‘in pallada. Loyiha doirasida 540 o‘rinli mavjud bino tubdan yangilanib, yana shuncha o‘quvchiga mo‘ljallangan yangi korpus hamda yozgi sport zali qurilmoqda.
Maktab hovlisi, kirish qismi, sinf xonalari va sport zali zamonaviy standartlar asosida qayta quriladi. Ushbu ishlar uchun 11,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Tuman hokimi ob’yektda bo‘lib, jarayonlarni ko‘zdan kechirdi va qurilish hamda ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va yuqori sifatda yakunlashni topshirdi.