14:45 12.08.2025Namangan davlat texnika universiteti talabalari uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida Yangi Namangan tumanida barpo etilayotgan 1000 o‘rinli zamonaviy yotoqxona qurilishi yakunlanish arafasida.
Namanganda talabalar uchun yangi 1000 o‘rinli yotoqxona qurilishi yakunlanmoqda
Namangan davlat texnika universiteti talabalari uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida Yangi Namangan tumanida barpo etilayotgan 1000 o‘rinli zamonaviy yotoqxona qurilishi yakunlanish arafasida.
Islom Karimov ko‘chasida joylashgan ushbu ko‘p qavatli inshoot davlat-xususiy sheriklik asosida qurilmoqda. Hozirda binoda ichki pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, 12 qavatli yotoqxonaning 1 va 2 qavatlari xususiy maktab faoliyati uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda yoshlar bilim olishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Yuqori qavatlar esa talabalarning yashashi uchun mo‘ljallangan zamonaviy xonalardan iborat bo‘ladi.
Mazkur inshoot foydalanishga topshirilgandan so‘ng, universitet talabalari qulay, xavfsiz va barcha maishiy sharoitlarga ega turar-joy bilan ta’minlanadi. Bu esa nafaqat yoshlarning ta’lim olish samaradorligini oshirishga, balki ularning madaniy-ma’rifiy hayotini yanada boyitishga xizmat qiladi.