12:25 12.08.2025Yangi Namangan tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumida ta’lim muassasalari faoliyatini barqaror va talafotsiz tashkil etish maqsadida kompleks tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangi Namangan tumanida ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
Yangi Namangan tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumida ta’lim muassasalari faoliyatini barqaror va talafotsiz tashkil etish maqsadida kompleks tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar doirasida maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida isitish tizimlarining texnik holati, elektr ta’minoti va yoritish vositalari, shuningdek, xavfsizlik tizimlari holati o‘rganilmoqda.
Bugun 2-sonli umumta’lim maktabi va 44-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud infratuzilmalar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddat ichida bartaraf etish bo‘yicha mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ta’lim muassasalarida barcha sharoitlarni bolalar uchun qulay va xavfsiz holatda saqlash, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan.