10:35 12.08.2025Yangi Namangan tumani hokimi Boborahim Mashrab nomidagi mahallada aholi bilan uchrashib, sayyor qabul o‘tkazdi. Unda mahalla fuqarolari o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar bo‘yicha murojaatlarini bayon qildilar.
Yangi Namangan tumani hokimi Boborahim Mashrab mahallasda sayyor qabul o‘tkazdi
Yangi Namangan tumani hokimi Boborahim Mashrab nomidagi mahallada aholi bilan uchrashib, sayyor qabul o‘tkazdi. Unda mahalla fuqarolari o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar bo‘yicha murojaatlarini bayon qildilar.
Murojaatlar asosan kanalizatsiya tizimi, o‘quv kursida o‘qish harajatlarini qoplab berish, kadastr, elektr ta’minoti, tayanch ustunlar va transformator o‘rnatish, bandlik masalalari, moddiy yordam ko‘rsatish hamda salomatlikni tiklash bilan bog‘liq muammolarga oid bo‘ldi.
Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan diqqat bilan tinglandi. Masalalarning bir qismi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni tezkor hal qilish uchun tegishli mutasaddi idoralarga topshiriqlar berildi.