Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Super xazina” MCHJ faoliyatini kengaytirish bo‘yicha choralar belgilandi
  • Yangiliklar
  • 15:15 11.08.2025
  • 140
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida joylashgan “Super xazina” MCHJ 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 15 kishi mehnat qilmoqda. Korxona 25 turdagi konserva mahsulotlari ishlab chiqaradi.

“Super xazina” MCHJ faoliyatini kengaytirish bo‘yicha choralar belgilandi

Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida joylashgan “Super xazina” MCHJ 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 15 kishi mehnat qilmoqda. Korxona 25 turdagi konserva mahsulotlari ishlab chiqaradi.

2024 yilda Rossiya va Qozog‘istonga 125 ming dollarlik mahsulot eksport qilingan, 2025 yilda esa bu ko‘rsatkichni 300 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Tuman hokimi ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot turlari bilan tanishdi. Uchrashuvda tadbirkor faoliyatni kengaytirish uchun zarur masalalarni bayon qildi. Shu asosda tegishli yechim va amaliy choralar belgilandi.