17:20 09.08.2025Yangi Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Eksport xizmat” MCHJ 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 10 nafar xodim mehnat qilmoqda. Korxona asosan tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqaradi va 2024 yil yakunida 400 ming dollarlik eksport ko‘rsatkichiga erishgan.
“Eksport xizmat” korxonasining eksport salohiyatini oshirish choralari ko‘rib chiqildi
Yangi Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Eksport xizmat” MCHJ 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 10 nafar xodim mehnat qilmoqda. Korxona asosan tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqaradi va 2024 yil yakunida 400 ming dollarlik eksport ko‘rsatkichiga erishgan.
Tuman hokimi ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot turlarini ko‘zdan kechirib, korxona rahbariyati bilan eksport hajmini yanada oshirish, yangi bozorlarga chiqish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish masalalarida muloqot qildi.
Uchrashuvda mavjud qiyinchiliklar, jumladan elektr ta’minotidagi uzilishlarni kamaytirish masalasi ko‘tarildi. Bu yo‘nalishda zarur infratuzilma yaratish hamda barqaror ish rejimini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.