Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Kelajak tongi” mahallasining faol tadbirkoriga ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi
  • Yangiliklar
  • 16:25 31.07.2025
  • 93
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumani “Kelajak tongi” mahallasida yashovchi Otabek Abduqahhorov 5 yildan buyon oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, sumka tikish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Uy sharoitida tashkil etilgan syexda 30 nafar mahalliy fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.

Kooperatsiya asosida qo‘shnilarini ham ishga jalb qilgan tadbirkor oyiga 1,5 mingta mahsulot tayyorlab, ichki bozorga yetkazmoqda.

Bugun tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida tuman hokimiga murojaat qildi. Murojaat yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi va tadbirkor qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati