Sayt test rejimida ishlamoqda!
Tadbirkor murojaati inobatga olindi – amaliy yechimlar belgilandi
  • Yangiliklar
  • 15:20 31.07.2025
  • 109
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumani “Sohil” mahallasida joylashgan “Rizo nur” MCHJ 2014 yildan buyon meva-sabzavotni qayta ishlash yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Korxonada 20 nafar ayol ish bilan ta’minlangan bo‘lib, mahsulotlari Italiya va Xitoy kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. 2024 yilda umumiy eksport hajmi 300 ming dollarni tashkil etdi.

Tuman hokimi korxonada bo‘lib, tadbirkorning murojaatlarini tingladi. Uchrashuvda eksport yo‘nalishlarini kengaytirish hamda kadastr masalalari yuzasidan muammolar muhokama qilindi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va muammolarni joyida hal etishga qaratilgan bunday uchrashuvlar joylarda davom etadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati