14:15 31.07.2025Yangi Namangan tumanidagi “Kelajak tongi” mahallasining “Yakka bog‘” ko‘chasida tadbirkor Adhamjon Hasanov tomonidan 1 gektar yer maydonida 1200 tup pavloniya daraxti parvarish qilinmoqda. Loyiha doirasida kelgusida aholi uchun soya-salqin dam olish maskani va xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etilib, 30 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, tadbirkor tomonidan zotdor qo‘ylar va sibrayt tovuqlari boqilmoqda. Shuningdek, oyiga 300 tagacha pechka ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazilmoqda. Bu sohada 10 nafar aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.
Tuman hokimiga pechkalar uchun maxsus sotuv bo‘limi tashkil etish masalasi yuzasidan murojaat qilindi va yechim choralari belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati