11:10 30.07.2025Bugun erta tongdan Yangi Namangan tumani hokimi navbatdagi sayyor qabulni “Oromgoh” mahallasi idorasida o‘tkazdi. Sayyor qabul davomida 8 nafar fuqaroning turli masalalarga oid murojaat va takliflari tinglandi.
Murojaatlar asosan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kanal bo‘yi qirg‘oqlarini obodonlashtirish, bolalar uchun o‘yin maydonchalari barpo etish, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, shuningdek, uy-joy va kadastr xizmatlari bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.
Tuman hokimi har bir murojaat yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklab, muammolarni joyida hal etish, ayrim holatlarda esa huquqiy va tashkilotchilik yordami ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Mahallada tashkil etilgan sayyor qabul aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish, fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bu kabi qabullar tumanning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati