17:10 24.07.2025Yangi Namangan tumanidagi 13-sonli oilaviy poliklinikada ham raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur muassasada ham elektron navbat tizimi, onlayn ro‘yxatdan o‘tish va shifokor ko‘rigini belgilovchi platformalar joriy etilmrqda. Bu esa tibbiy xizmatlarda shaffoflik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Raqamlashtirish orqali tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilash va aholiga qulaylik yaratish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati